SAVDO KORXONALARIDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI INSTITUTSIONAL VOSITALAR ASOSIDA OSHIRISH

Maqolada savdo korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda institutsional vositalarning: onlayn nazorat-kassa texnikasi va fiskal cheklar, soliq keshbeki, raqamli markirovka, yagona QR-kod orqali naqd pulsiz to‘lovlar, soddalashtirilgan QQS rejimi hamda ma’muriy yuklamani kamaytirish choralarining roli Samarqand viloyati misolida tadqiq etilgan. Mavzuning dolzarbligi chakana savdo hajmining tez o‘sishi bilan birga uning katta qismi kichik subyektlar va uyushmagan savdo hissasiga to‘g‘ri kelayotgani, 2025-2026-yillarda esa savdo sohasida shaffoflikni oshirishga qaratilgan qator yangi choralar qabul qilingani bilan izohlanadi. Tadqiqotda tizimli tahlil, normativ hujjatlar mazmun tahlili, statistik taqqoslash, shartli korxona modeli va sezgirlik tahlili usullari qo‘llanilgan. Natijalarga ko‘ra, viloyatda chakana savdo tovar aylanmasi 2020-2024-yillarda 2,2 baravar oshib, 35 916,8 mlrd so‘mga yetgan, yirik korxonalar ulushi esa 11,7 foizni tashkil etgan. Yirik korxonalar ulushi 2024-yil yanvaridagi 19,8 foizdan 2026- yil yanvar-aprelida 10,2 foizgacha kamaygani, 2022-yilda esa chakana savdoning 49,0 foizi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgani aniqlandi. Samarqand viloyatining 2025-yilda to‘langan soliq keshbekidagi ulushi 6,9 foiz bo‘lib, aholidagi ulushidan (11,4 foiz) sezilarli past. Modellashtirish shuni ko‘rsatdiki, past marjali chakana savdo korxonasi uchun soddalashtirilgan 6 foizlik QQS rejimi QQS hisobvarag‘i bilan xarid qilingan tovarlar ulushi 58,6 foizdan past bo‘lgandagina foydali, umumbelgilangan tartibda esa soliq yuki xaridlar hujjatlashtirilishi bilan 10,7 foizdan 2,1 foizgacha kamayadi. Bu holat hujjatlashtirilmagan ta’minot zanjirini rag‘batlantirish xavfini yuzaga keltiradi. Tadqiqot asosida institutsional vositalarni o‘zaro muvofiqlashtirish, rejim tanlovida tushum shaffofligini hisobga olish va hududiy darajada savdo korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Natijalardan viloyat hokimligi, soliq organlari va savdo korxonalari qaror qabul qilishda foydalanishi mumkin, taklif etilgan yondashuv esa boshqa hududlarga ham qo‘llanilishi mumkin.

Authors

Publication Details

Journal
Innovations in Science and Technologies
Published
2026-11-25
Primary Topic
Taxation and Compliance Studies
Type
article
Field-Weighted Citation Impact
0.00
Controls
|||
ALL TIME
JAN
FEB
MAR
APR
MAY
JUN
JUL
AUG
SEP
OCT
NOV
article

SAVDO KORXONALARIDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI INSTITUTSIONAL VOSITALAR ASOSIDA OSHIRISH

Mirzaaxmedov Durbek
Innovations in Science and Technologies
Taxation and Compliance Studies
article

SAVDO KORXONALARIDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI INSTITUTSIONAL VOSITALAR ASOSIDA OSHIRISH

Mirzaaxmedov Durbek
article en

Abstract

Maqolada savdo korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda institutsional vositalarning: onlayn nazorat-kassa texnikasi va fiskal cheklar, soliq keshbeki, raqamli markirovka, yagona QR-kod orqali naqd pulsiz to‘lovlar, soddalashtirilgan QQS rejimi hamda ma’muriy yuklamani kamaytirish choralarining roli Samarqand viloyati misolida tadqiq etilgan. Mavzuning dolzarbligi chakana savdo hajmining tez o‘sishi bilan birga uning katta qismi kichik subyektlar va uyushmagan savdo hissasiga to‘g‘ri kelayotgani, 2025-2026-yillarda esa savdo sohasida shaffoflikni oshirishga qaratilgan qator yangi choralar qabul qilingani bilan izohlanadi. Tadqiqotda tizimli tahlil, normativ hujjatlar mazmun tahlili, statistik taqqoslash, shartli korxona modeli va sezgirlik tahlili usullari qo‘llanilgan. Natijalarga ko‘ra, viloyatda chakana savdo tovar aylanmasi 2020-2024-yillarda 2,2 baravar oshib, 35 916,8 mlrd so‘mga yetgan, yirik korxonalar ulushi esa 11,7 foizni tashkil etgan. Yirik korxonalar ulushi 2024-yil yanvaridagi 19,8 foizdan 2026- yil yanvar-aprelida 10,2 foizgacha kamaygani, 2022-yilda esa chakana savdoning 49,0 foizi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgani aniqlandi. Samarqand viloyatining 2025-yilda to‘langan soliq keshbekidagi ulushi 6,9 foiz bo‘lib, aholidagi ulushidan (11,4 foiz) sezilarli past. Modellashtirish shuni ko‘rsatdiki, past marjali chakana savdo korxonasi uchun soddalashtirilgan 6 foizlik QQS rejimi QQS hisobvarag‘i bilan xarid qilingan tovarlar ulushi 58,6 foizdan past bo‘lgandagina foydali, umumbelgilangan tartibda esa soliq yuki xaridlar hujjatlashtirilishi bilan 10,7 foizdan 2,1 foizgacha kamayadi. Bu holat hujjatlashtirilmagan ta’minot zanjirini rag‘batlantirish xavfini yuzaga keltiradi. Tadqiqot asosida institutsional vositalarni o‘zaro muvofiqlashtirish, rejim tanlovida tushum shaffofligini hisobga olish va hududiy darajada savdo korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Natijalardan viloyat hokimligi, soliq organlari va savdo korxonalari qaror qabul qilishda foydalanishi mumkin, taklif etilgan yondashuv esa boshqa hududlarga ham qo‘llanilishi mumkin.

Innovations in Science and TechnologiesVol. 3(11)
Taxation and Compliance Studies
AI Navigator

Ask Laika to Summarize, Analyze, and Connect papers live on the map.

Summarize Papers & Methodologies

Extract key findings, datasets, and comparative methods across publications.

Benchmark Rankings & Visual Analytics

Rank top research institutions, authors, funders, topics, and journals by Field-Weighted Citation Impact (FWCI) and paper volume with instant charts.

Connect Distant Disciplines

Bridge topological clusters on the map to find hidden collaborative intersections.

Laika access coming soon