TRANSPORT XIZMATLARIDA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISHGA QARATILGAN MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada transport xizmatlarida iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan mexanizmlarning mazmuni, tarkibi va o‘zaro bog‘liqligi tadqiq etilib, ularni takomillashtirish yo‘llari asoslangan. Mavzuning dolzarbligi O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi jadal o‘sayotgan bo‘lsa-da, samaradorlikni oshirish choralari ko‘pincha alohida yo‘nalishlar doirasida, o‘zaro muvofiqlashtirilmagan holda amalga oshirilayotgani bilan izohlanadi. Tadqiqotda tizimli yondashuv, mexanizm dizayni va institutsional iqtisodiyot nazariyalari, statistik tahlil, qiyosiy tahlil hamda komplementarlik g‘oyasiga asoslangan multiplikativ modellashtirish usullari qo‘llanilgan. Natijalarga ko‘ra, transport xizmatlari hajmi 2024-yildagi 145,1 trln so‘mdan 2025-yilda 185 trln so‘mga yetib, real o‘sish 8,6 foizdan 15 foizgacha tezlashgan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 5,6 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, Logistika samaradorligi indeksining 2023-yilgi natijalarida infratuzilma va yuklarni kuzatish komponentlari eng past (2,4 ball), o‘z vaqtida yetkazish esa eng yuqori (2,8 ball) bo‘lgani mexanizm bloklari o‘rtasidagi nomuvofiqlikni ko‘rsatadi. Multiplikativ model asosidagi hisob-kitoblar bir xil resurs bilan eng zaif komponentni yaxshilash eng kuchli komponentni yaxshilashga nisbatan kattaroq samara berishini, eng zaif komponentning pasayishi esa eng katta yo‘qotishga olib kelishini ko‘rsatdi. Shu asosda tashkiliy, iqtisodiy va innovatsion mexanizmlar tasnifi, beshta ustuvor yo‘nalish, to‘rt komponentli innovatsion mexanizm hamda institutsional, texnologik, logistika va iqtisodiy bloklardan iborat teskari aloqali takomillashtirilgan mexanizm taklif etilgan. Natijalardan transport sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va ularning samaradorligini monitoring qilishda foydalanish mumkin. Tadqiqotning axborot bazasini Milliy statistika qo‘mitasi, Jahon banki va soha yakunlari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar tashkil etadi; taklif etilgan mexanizm har bir blok uchun o‘lchanadigan monitoring ko‘rsatkichlari bilan to‘ldirilgan.
Authors
- Toshtemir O‘rolov
Publication Details
- Journal
- Innovations in Science and Technologies
- Published
- 2026-11-25
- Primary Topic
- Transport and Logistics Innovations
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00