UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILG‘OR XORIJ TAJRIBALARI
Maqolada umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning ilg‘or xorij tajribalari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari baholangan. Mavzuning dolzarbligi mamlakatda yashash va ovqatlanish xizmatlari bozor xizmatlari tarkibida eng yirik ulushga ega bo‘lgani holda, sohada norasmiy faoliyat ulushi yuqori, soliq tushumlarining soha hajmiga nisbati esa bir foizdan past ekani bilan izohlanadi. Tadqiqotda AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Janubiy Koreya, Braziliya va Fransiya tajribalari qiyosiy tahlil, kontent-tahlil, ko‘p mezonli baholash va ssenariy modellashtirish usullari orqali o‘rganilgan. Natijalarga ko‘ra, xorij tajribalari to‘rt guruhga - fiskal shaffoflik, axborot va sifat, operatsion boshqaruv hamda resurs tejamkorligi vositalariga ajratildi. Koreyada naqd pul cheklari tizimi va kredit karta imtiyozlari natijasida kartalar bilan to‘lovlarning xususiy iste’moldagi ulushi 1999-yildagi 14,7 foizdan 2010- yilda 57,0 foizga oshgan, oziq-ovqat chiqindilarini qayta ishlash darajasi 97 foizdan oshgan. Ko‘p mezonli baholash O‘zbekiston uchun eng mos vositalar onlayn kassa va chek lotereyasi (4,60 ball), gigiyena reyting kartalari (4,20) va onlayn reyting platformalari (3,95) ekanini, restoranlar uchun QQS stavkasini pasaytirish esa eng kam samarali (2,40) ekanini ko‘rsatdi. Ssenariy hisob-kitoblariga ko‘ra, qayd etilgan tushumning 21 foizga oshishi soliq tushumlarini yiliga qariyb 0,36 trln so‘mga ko‘paytirishi mumkin. Shu asosda xorij tajribasini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha to‘rt bosqichli yo‘l xaritasi va har bir bosqich uchun monitoring ko‘rsatkichlari taklif etilgan. Natijalardan umumiy ovqatlanish sohasini tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash siyosatini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Authors
- Burxon Eshniyozov
Publication Details
- Journal
- Innovations in Science and Technologies
- Published
- 2026-11-25
- Primary Topic
- Culinary Culture and Tourism
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00