ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘SMIRLARDA OILAVIY MUNOSABATLARGA OID KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘smirlarda oilaviy munosabatlarga oid kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlari tadqiq etilgan. Oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida shaxslararo muloqot, hissiy kechinmalarni ifodalash, o‘zaro tushunish, hamkorlik qilish hamda nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish ko‘nikmalarining ahamiyati yoritilgan. Ilmiy adabiyotlarni nazariy-tahliliy o‘rganish asosida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘smirlarning oilaviy kommunikatsiyasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, pedagogik va psixologik omillar aniqlashtirilgan. Kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishda imo-ishora tili, vizual-didaktik vositalar, hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, rolli mashg‘ulotlar hamda maktab va oila hamkorligidan foydalanishning metodik imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqot natijasida o‘smirlarning oilaviy munosabatlarga oid kommunikativ tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi va uni baholash mezonlari taklif etilgan.
Authors
- Risligʻoy Odilova
Publication Details
- Journal
- Бюллетень педагогов нового Узбекистана
- Published
- 2026-11-26
- DOI
- https://doi.org/10.70413/yopa-v04-i11-a11778
- Primary Topic
- Hearing Impairment and Communication
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00