EGRI CHIZIQ BILAN CHEGARALANGAN SHAKLLARNING YUZI VA AYLANMA JISMLARNING HAJMINI HISOBLASHDA INTEGRALNING HAYOTIY TATBIQLARINI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TUSHUNARLI O‘QITISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida aniq integralning geometrik va amaliy tatbiqlari – egri chiziq bilan chegaralangan shakllarning yuzi hamda aylanma jismlarning hajmini hisoblash mavzularini o‘quvchilarga tushunarli o‘qitish yo‘llari tahlil qilinadi. Integral tushunchasini faqat “grafik ostidagi yuza” va “boshlang‘ich funksiya” talqinlari bilan cheklamasdan, “kichik bo‘laklarni qo‘shib chiqish” g‘oyasi asosida shakllantirish zarurligi asoslanadi. Gulzor maydoni, arkali darvoza yuzasi, kosa sig‘imi va tarvuz hajmi kabi kundalik hayotdan olingan masalalar misolida matematik modellashtirish bosqichlari ko‘rsatib beriladi. Darsni tashkil etishning bosqichma-bosqich modeli, GeoGebra dasturidan foydalanish imkoniyatlari hamda o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Authors
- Sevinch Alisher qizi Ne`matullayeva
- Malohat Sodiqjonovna Arashova
- Madinabonu Javlon qizi Joraboyeva
- Orzigul Maqsud qizi Rahimova
Publication Details
- Journal
- Бюллетень педагогов нового Узбекистана
- Published
- 2026-11-26
- DOI
- https://doi.org/10.70413/yopa-v04-i11-a11733
- Primary Topic
- Mathematics Education and Teaching Techniques
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00