QARSHI CHO'LI YAYLOV YERLARINING DEGRADATSIYASINI KADASTR BAHOLASH VA MONITORING QILISH
Maqolada Qarshi cho'li yaylov yerlarining degradatsiya holati masofadan zondlash ma'lumotlari, dala geobotanik tadqiqotlari va kadastr baholash ko'rsatkichlari asosida tahlil qilingan. 2000, 2013 va 2025-yillarga oid Landsat va Sentinel-2 sun'iy yo'ldosh tasvirlari bo'yicha NDVI va SAVI vegetatsiya indekslari hisoblanib, yaylovlarning degradatsiya darajalari bo'yicha xaritalari tuzilgan. Yaylov turlari kesimida hosildorlik, bonitet balli va ozuqa sig'imi aniqlangan. Natijalar kuchli va juda kuchli degradatsiyaga uchragan maydonlar ulushi 25 yil ichida 13,7 foizdan 27,6 foizgacha oshganini ko'rsatdi. Yaylovlar kadastrini yuritish va ko'p bosqichli monitoring tizimini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Authors
- Shohrux Shodmon o'g'li Toshturdiyev
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-26
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24567823
- Primary Topic
- Remote Sensing in Agriculture
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00