MEHR BILAN ULGʻAYGAN BOLA – YURTNING BAXTLI KELAJAGI
Assalomu alaykum, mehri daryo, sabri bitmas, aziz va qadrli tarbiyachilarim! Kecha kech kirib, kunning tashvishlaridan biroz forigʻ boʻlgach, ijtimoiy tarmoqlarni koʻzdan kechirar ekanman, muhtaram Prezidentimizning nabirasi Shavkatbekka yozgan maktubini oʻqib qoldim. Bir oʻqidim, ikki oʻqidim, keyin yana boshidan oʻqib chiqdim. Ochigʻini aytsam, bobo qalbidan toʻkilgan ana shu samimiy soʻzlar meni chuqur ta'sirlantirdi, hatto koʻzlarimga yosh keldi. Maktubda bir bobo oʻz nabirasiga, bir inson esa butun bir avlodga murojaat qilmoqda. Unda mehr ham, oʻgit ham, ota-bobolarimizdan qolgan hikmat ham, kelajakka ishonch ham bor. Ayniqsa, «Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?» degan bolalarcha sodda savol shunday katta va mazmunli javobga sabab boʻlgani meni oʻyga toldirdi. Oʻsha tun uzoq uxlay olmadim. Xayolimdan bir fikr ketmadi: axir, biz ham har kuni ertalab oʻz oilamiz bilan xayrlashib, boshqalarning farzandlari oldiga shoshamiz-ku. Bizning ham farzandlarimiz, nabiralarimiz bor, ular ham ba'zan «Nega ishdan kech qaytasiz?», «Nega bayram kunlari ham bogʻchaga ketasiz?» deb soʻrashadi. Bu savollarga har doim ham toʻliq javob bera olmaymiz. Shu bois bugun sizlarga, bogʻchamizning yuragi boʻlgan tarbiyachilarimga, qalbimdagi ayrim xotiralarim, oʻylarim va orzularimni ana shu maktub orqali yetkazishga qaror qildim. Bu soʻzlarni yigʻilishlarda, majlislarda, kundalik yugur-yugur ichida aytishning iloji boʻlmaydi. Ular faqat qogʻozga, yurakdan yurakka yetib boradigan maktubga sigʻadi.
Authors
- Mavjuda Axbarovna Muxamedxodjayeva
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-26
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24564323
- Primary Topic
- Values and Moral Education
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00