O‘ZBEKISTON–TURKIYA INVESTITSIYAVIY HAMKORLIGI: RIVOJLANISH DINAMIKASI, MAVJUD IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)
Maqolada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikning rivojlanish dinamikasi, tarkibiy xususiyatlari va istiqbolli yo‘nalishlari statistik, qiyosiy hamda institutsional tahlil asosida kompleks o‘rganilgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi, qo‘shma korxonalar faoliyati va sanoat kooperatsiyasining hududiy iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati yoritilgan. Xususan, Farg‘ona viloyatining tabiiy-resurs, mehnat, ishlab chiqarish va logistika salohiyati investitsiyalarni jalb etish nuqtayi nazaridan tizimlashtirilgan. Quva tumanidagi Turon-Turk sanoat zonasi misolida O‘zbekiston va Turkiya tadbirkorlari o‘rtasidagi hududlararo sanoat hamkorligini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda sanoat zonasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, ilg‘or texnologiyalar transferini jadallashtirish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport geografiyasini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalarini tanlash, moliyalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilishning tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Hududiy ishlab chiqarish kooperatsiyasini shakllantirish, mahalliy korxonalarni xalqaro qiymat zanjirlariga integratsiyalash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishning iqtisodiy imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyatida Turkiya investitsiyalaridan samarali foydalanish, sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladi. Taklif etilgan yondashuvdan hududiy investitsiya strategiyalarini ishlab chiqish va qo‘shma loyihalarni boshqarishda foydalanish mumkin.
Authors
- Azimjon Yuldashev
Publication Details
- Journal
- Innovations in Science and Technologies
- Published
- 2026-11-24
- Primary Topic
- Economic Development and Regional Competitiveness
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00