ADOLATLI IJTIMOIY SIYOSAT YURITISH VA INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH: OʻZBEKISTON TAJRIBASI TAHLILI
Maqolada Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” yoʻnalishi boʻyicha 2021–2025-yillarda erishilgan natijalar rasmiy statistika asosida tahlil qilingan. Kambagʻallik darajasi 17,0 foizdan 5,8 foizga, yaʼni 11,2 foiz punktga pasaygani, 18–23 yoshli aholining oliy taʼlim bilan qamrovi 28,2 foizdan 47,7 foizga oshgani, aholi daromadlari tarkibida mehnat va tadbirkorlik daromadlari ulushi oʻsib, ijtimoiy transfertlar ulushi kamaygani koʻrsatib berilgan. Shu bilan birga, hududlar oʻrtasidagi nisbiy tafovut (variatsiya koeffitsiyenti 18,1 dan 19,6 foizga) kuchaygani aniqlangan va manzilli yordamni inson kapitaliga investitsiya bilan bogʻlashga doir takliflar berilgan.
Authors
- Kamolova Nargizaxon Abdusamatxoʻjayevna
- Raximova Dildoraxon Qodirjonovna
Publication Details
- Journal
- IQRO
- Published
- 2026-11-24
- Primary Topic
- Income, Poverty, and Inequality
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00