KASBIY TA'LIMDA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN RAQAMLI O'QUV PLATFORMASINI ISHLAB CHIQISH VA JORIY ETISH (UCHQO'RG'ON TUMANI 3-SON TEXNIKUMI MISOLIDA)
Maqolada Uchqo'rg'on tumani 3-son texnikumida "Kompyuter tarmoqlari va IT-servis" yo'nalishi o'quvchilari uchun ishlab chiqilgan raqamli o'quv platformasini ta'lim jarayoniga joriy etish tajribasi yoritilgan. Platforma 40 ta fan va kursni, 1044 ta darsni, 6 ta yo'nalishni, 4 ta kasb yo'lini va 100 dan ortiq trenajyorni o'z ichiga oladi. U o'quv rejadagi 6 ta modul (230 dars) va qo'shimcha kompetensiyalarni rivojlantiruvchi kurslardan tashkil topgan. Maqolada videodarslar, jonli kod muharriri, o'quv natijalari (LO) asosida baholash, QR-kod orqali tekshiriladigan sertifikat va o'qituvchining boshqaruv markazi tavsiflangan. Dastlabki natijalarga ko'ra, "Kompyuter savodxonligi" kursini 6 nafar o'quvchi tugatib, sertifikat oldi; ularning o'rtacha natijasi 83 % ni tashkil etdi.
Authors
- Akbarjon Abduraxmon o'g'li Abdullayev
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-25
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24522890
- Primary Topic
- Educational Technology and E-Learning
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00