ELEKTRON TIJORAT ASOSIDAGI ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH: ZAMONAVIY MUAMMOLAR VA HUQUQIY YECHIMLAR
maqolada elektron tijorat rivojlanayotgan sharoitda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning nazariy-huquqiy asoslari hamda milliy qonunchilikdagi kafolatlari tahlil qilingan. Onlayn savdo, elektron to‘lovlar va onlayn firibgarlik bilan bog‘liq amaliy muammolar ko‘rib chiqilib, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlarning tegishli normalari o‘zaro qiyosiy tahlil etilgan. Tadqiqotda masofadan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarida isteʼmolchi huquqlarining o‘ziga xos jihatlari, savdo platformalarining roli hamda pul mablag‘larini qaytarish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijasida isteʼmolchi huquqlarini amalda ta’minlash samaradorligini oshirish zarurligi asoslangan. Xususan, onlayn savdo platformalarining mustaqil sotuvchilar bilan bog‘liq majburiyatlarini va pulni qaytarish tartibini belgilash taklifi ilgari surilgan.
Authors
- Shaxruza To‘lqin qizi To‘xtayeva
Institutions
- Tashkent State University of Law (UZ)
Publication Details
- Journal
- Бюллетень студентов нового Узбекистана
- Published
- 2026-11-25
- DOI
- https://doi.org/10.70413/yota-v04-i11-a11624
- Primary Topic
- European and International Contract Law
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00