IJODKOR KIM: INSONMI YOKI ALGORITM? SUN’IY INTELLEKT YARATGAN ASARLARGA MUALLIFLIK HUQUQINING HUQUQIY CHEGARALARI
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan asarlarga mualliflik huquqini berish masalasi inson ijodiy faoliyati mezoni asosida tahlil qilinadi. Generativ sun’iy intellektning rivojlanishi an’anaviy mualliflik huquqi nazariyasidagi muallif, ijodiy mehnat va asar tushunchalarini qayta ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Maqolada O‘zbekiston qonunchiligi, AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiya tajribasi, shuningdek, Zarya of the Dawn hamda Thaler v. Perlmutter huquqiy holatlari qiyosiy o‘rganiladi. Muallif sun’iy intellektni mustaqil muallif sifatida e’tirof etishdan ko‘ra, insonning asar yaratilishidagi haqiqiy ijodiy hissasini aniqlashga asoslangan yondashuvni taklif qiladi. Shu maqsadda inson ijodiy hissasini baholash uchun besh mezonli huquqiy model ishlab chiqiladi.
Authors
- Shahzoda Sherali qizi Orifova
Institutions
- Tashkent State University of Law (UZ)
Publication Details
- Journal
- New Uzbekistan Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-24
- DOI
- https://doi.org/10.70413/yoitj-v03-i11-a11524
- Primary Topic
- Law, AI, and Intellectual Property
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00