JINOYAT PROTSESSIDA ADVOKATNING TERGOV HARAKATLARIDA ISHTIROKI: HUQUQIY TARTIBGA SOLISH VA AMALIY MUAMMOLAR
Mazkur maqolada jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlarini o‘tkazishda advokat ishtirokiga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy va amaliy muammolar tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlarda mahalliy va xorijiy olimlar asosan advokatning protsessual maqomi, himoya huquqining kafolatlari, advokatning tergov harakatlarida qatnashish tartibi hamda uning vakolatlari doirasini o‘rgangan. Biroq amaliyotda advokatning tergov harakatiga o‘z vaqtida jalb etilmasligi, birinchi so‘roqdan oldingi xoli uchrashuvlarning cheklanishi, hibsxonalarda texnik nazorat vositalarining qo‘llanilishi hamda so‘roq chog‘ida savol va e’tiroz bildirish huquqining to‘liq ta’minlanmasligi kabi holatlar hamon uchrab turadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi shu muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Shu maqsadda Jinoyat-protsessual kodeksi va advokatura sohasiga oid qonunchilik hujjatlari o‘rganildi, O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlar qonunchiligi qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilindi. Natijada qonunchilik va tergov amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar shakllantirildi.
Authors
- Zuhra Baxrom qizi Ametova
Institutions
- Tashkent State University of Law (UZ)
Publication Details
- Journal
- Central Asian Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-24
- DOI
- https://doi.org/10.70413/cajar-v04-i11-a11506
- Primary Topic
- Criminal Law and Evidence
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00