HIND TILIDA EHTIMOLLIK VA SHUBHA KATEGORIYALARINING IFODALANISH USULLARI
Ushbu maqolada hind tilida ehtimollik va shubha ma'nolarining ifodalanish usullari, ularni yuzaga chiqaruvchi grammatik vositalar hamda kundalik nutqda qo'llanilishi haqida so'z yuritiladi. Ehtimollik va shubha insonning muayyan voqea-hodisa yoki vaziyatga nisbatan aniq ishonchga ega emasligini, biror hodisaning sodir bo'lishi mumkinligini yoki uning yuz berishiga nisbatan gumon mavjudligini bildiradi. Hind tilida bunday ma'nolar turli modal so'zlar, fe'l shakllari va grammatik konstruksiyalar orqali ifodalanadi. Maqolada hind tilidagi शायद (shayad), संभवतः (sambhavatah), हो सकता है (ho sakta hai), शायद ऐसा हो (shayad aisa ho) kabi birliklarning ma'nosi va qo'llanilishi misollar orqali yoritiladi.
Authors
- Aziza Yormatova
- Malika Abdurahim qizi Abdurashidova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-24
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24507548
- Primary Topic
- Syntax, Semantics, Linguistic Variation
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00