УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ ГОРОДОВ И НАСЕЛЁННЫХ ПУНКТОВ: РЕАЛИЗАЦИЯ ЦУР 11 ПОСРЕДСТВОМ ПРОСТРАНСТВЕННОГО ПЛАНИРОВАНИЯ, РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТА И ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ ПОЛИТИКИ.
Maqolada Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) 11 “Shaharlar va aholi punktlarini inklyuziv, xavfsiz, barqaror (rezilyent) va ekologik jihatdan barqaror qilish”ni fazoviy rejalashtirish, transportni rivojlantirish hamda ekologik siyosat orqali amalga oshirish yondashuvlari tahlil qilinadi. BRM 11ga erishish kompleks va tarmoqlararo yondashuvni talab etishi, shaharsozlikdagi qarorlar transport yuklamasi va ekologik cheklovlar bilan o‘zaro muvofiqlashtirilishi zarurligi asoslanadi. Tadqiqot nazariy va huquqiy asoslarni o‘rganish, shuningdek xalqaro va milliy amaliyotni umumlashtirish orqali muammoli jihatlar (jumladan, transport tarmog‘ining ortiqcha yuklanishi, kelishilgan strategiyalar yetishmasligi va mahalliy monitoring imkoniyatlarining cheklanganligi) aniqlanadi hamda davlat siyosatini yagona konsepsiya asosida shakllantirish zarurligi asoslanadi. Ish umumilmiy metodlar (tahlil, sintez, mantiqiy tahlil) va maxsus yondashuvlarni (huquqiy tahlil, qiyosiy tahlil, кейс-стadi) qo‘llash orqali amalga oshirilgan. Amaliy yo‘nalish sifatida Hindistonning Surat shahri tajribasi ko‘rib chiqiladi; boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish uchun esa mahalliy darajada monitoringni kuchaytirish hamda ekologik me’yorlarga muvofiq rejalashtirish va transport qarorlarini qo‘llab-quvvatlashda raqamli vositalar, jumladan sun’iy intellekt (AI)dan foydalanish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Authors
- Самандар Санжарбек угли Сирожиддинов
Publication Details
- Journal
- Central Asian Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-25
- DOI
- https://doi.org/10.70413/cajar-v04-i11-a11591
- Primary Topic
- Local Governance and Planning
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00