ISTEʼMOLCHI HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING MILLIY MODELI: QONUNCHILIK, DOKTRINA VA XALQARO STANDARTLAR UYGʻUNLIGI
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari milliy qonunchilik, huquqiy doktrina va xalqaro tajribaning uygʻunligi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda isteʼmolchi tushunchasi, shartnoma adolati, tovar (ish, xizmat) nuqsonlari uchun huquqiy vositalar hamda himoyaning institutsional mexanizmlari Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Buyuk Britaniya va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi bilan taqqoslanadi. Muallif milliy modelning ustun tomonlarini — isteʼmolchi huquqlarini kamaytirishni taqiqlovchi norma, ishlab chiqaruvchining shartnomadan tashqari javobgarligi, nomuayyan doiradagi isteʼmolchilar manfaatida daʼvo qilish vakolati — koʻrsatib berish bilan birga, uning boʻshliqlarini ham aniqlaydi: adolatsiz shartlarning umumiy mezoni yoʻqligi, masofaviy bitimlarda sababsiz bekor qilish huquqining aniq belgilanmaganligi, jamoaviy himoya va raqamli xizmatlar sohasidagi cheklovlar. Maqola yakunida qonunchilikni takomillashtirishga oid aniq takliflar ilgari suriladi.
Authors
- Boʻron Nasullayev
Publication Details
- Journal
- New Uzbekistan Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-23
- DOI
- https://doi.org/10.70413/yoitj-v03-i11-a11367
- Primary Topic
- European and International Contract Law
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00