VOYAGA YETMAGANLAR VIKTIMLIGINING KRIMINOLOGIK TAHLILI VA UNING OLDINI OLISHNING HUQUQIY MASALALARI
Voyaga yetmaganlar oʻz huquqlarini toʻliq himoya qila olmasligi oqibatida jinoyat qurboniga aylanishi holatlari va ularning jinoyatdan keyingi bosqichlarda ikkilamchi viktimizatsiyalanish xavfining yuqoriligi muammosi dolzarblik kasb etmoqda. Ushbu maqola «voyaga yetmaganlar viktimligi» kriminologiyada mavjud odatiy «viktimlik» tushunchasi oʻrtasidagi farqlar va voyaga yetmaganlarning jinoyat qurboniga aylanishiga sabab boʻluvchi asosiy omillarni kompleks tarzda oʻrganishga va poliviktimizatsiya xavfini bartaraf etish yoʻllarini aniqlashga qaratilgan. Unda voyaga yetmaganlar viktimligining Oʻzbekistondagi hozirgi holati va dinamikasi, mavjud huquqiy normalar va nazariy qoidalar tahlil qilinadi, qonunchilikdagi boʻshliqlar va kamchiliklar aniqlanadi hamda xalqaro tajriba asosida takomillashtirish yoʻnalishlari taklif etiladi. Maqola Oʻzbekistonda bolalarni jinoyat va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini rivojlantirish hamda voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish borasidagi saʻy-harakatlarga hissa qoʻshishni maqsad qilgan.
Authors
- Kalbaeva Eldora Uzaqbaevna
Institutions
- Tashkent State University of Law (UZ)
Publication Details
- Journal
- Central Asian Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-23
- DOI
- https://doi.org/10.70413/cajar-v04-i11-a11501
- Primary Topic
- Legal and Social Justice Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00