SUN’IY INTELLEKT SOYASIDAGI JINOYAT: YANGI TEXNOLOGIYALAR SHAROITIDA JINOIY JAVOBGARLIK VA KVALIFIKATSIYA MUAMMOLARI
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida jinoyat huquqida yuzaga kelayotgan yangi muammolar, xususan, sun’iy intellekt vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni kvalifikatsiya qilish, jinoiy javobgarlik subyektini aniqlash, ayb va sababiy bog‘lanish masalalari ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, deepfake texnologiyalari, avtomatlashtirilgan firibgarlik, shaxsga doir ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish hamda raqamli dalillarning ishonchliligi bilan bog‘liq muammolar O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi asosida o‘rganiladi. Maqolada sun’iy intellektning mustaqil ravishda jinoyat subyekti sifatida e’tirof etilishi masalasi tanqidiy baholanib, javobgarlikni texnologiyani yaratgan, joriy etgan, boshqargan yoki undan qasddan foydalangan shaxslar o‘rtasida farqlash zarurligi asoslantiriladi. Yakunda milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.
Authors
- Mirfayz Qayumov
Institutions
- Tashkent State University of Law (UZ)
Publication Details
- Journal
- New Uzbekistan Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-23
- DOI
- https://doi.org/10.70413/yoitj-v03-i11-a11500
- Primary Topic
- Digitalization, Law, and Regulation
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00