IQLIM O'ZGARISHIGA QARSHI KURASHISHDA PARIJ BITIMINING XALQARO HUQUQIY AHAMIYATI
Mazkur ilmiy maqolada iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishda Parij bitimining xalqaro-huquqiy ahamiyati, uning xalqaro iqlim huquqi tizimidagi o'rni hamda asosiy huquqiy qoidalari tahlil qilinadi. Xususan, Parij bitimining maqsadlari, davlatlarning iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro-huquqiy majburiyatlari, milliy darajada belgilanadigan hissalar va ularni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari o'rganiladi va bitim ijrosini ta'minlashda xalqaro hamkorlik mexanizmlarining huquqiy ahamiyati yoritiladi hamda O'zbekiston Respublikasining Bitimdagi ishtiroki hamda 2026-yil 9–20-noyabrda Antalya(Turkiya)da o'tkazilgan COP31 sammiti natijalari ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada Parij bitimining xalqaro iqlim huquqini rivojlantirishdagi o'rni hamda uning qoidalarini amalga oshirish bilan bog'liq huquqiy muammolar va ularni takomillashtirish istiqbollari bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar beriladi.
Authors
- Asilbek Jumanazar o'g'li Abduxakimov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-23
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24457190
- Primary Topic
- International Environmental Law and Policies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00