IJTIMOIY ISH XODIMLARIDA KASBIY STRESS VA RUHIY ZO‘RIQISHNI BOSHQARISHNING TASHKILIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Maqolada ijtimoiy xodimlarda kasbiy stress va psixik zo‘riqishni boshqarishning tashkiliy-psixologik mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. 2001–2026-yillardagi xalqaro ilmiy adabiyotlarning tizimli sharhlar, meta-tahlillar va empirik tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan tahliliy sharhi asosida kasbiy so‘nish va ikkilamchi travmatik stressning xavf omillari, shuningdek, himoya resurslari ajratib ko‘rsatilgan. Nazariy asos sifatida «ish talablari – resurslari» (JD-R) modeli xizmat qildi. Aniqlanishicha, ish yuklamasi, ish va oila o‘rtasidagi ziddiyat hamda ish joyidagi viktimizatsiya kabi xavf omillari eng ko‘p qayd etiladi; sifatli superviziya, hamkasblar va rahbariyatning qo‘llab-quvvatlashi, mehnat sharoitlarining moslashuvchanligi hamda o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish amaliyotlari esa himoya resurslari sifatida namoyon bo‘ladi. Individual chora-tadbirlar tashkiliy darajadagi o‘zgarishlar bilan uyg‘unlashganda eng yuqori samaradorlikni beradi. O‘zbekistonda shakllanayotgan ijtimoiy ish tizimi sharoitlariga moslashtirilgan konseptual model taklif etilgan.
Authors
- Bobaniyozova Shahnoza
- Qurbonova Nigora
- G‘aniyev Shahzod Shuhrat o‘g‘li
Publication Details
- Journal
- Arabian journal of science.
- Published
- 2026-11-20
- Primary Topic
- Stress and Burnout Research
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00