MAHALLA DARAJASIDA EHTIYOJMAND OILALARNING IJTIMOIY DIAGNOZINI TASHKIL ETISH VA ETIOLOGIK BAHOLASH METODOLOGIYASI
Maqolada mahalla darajasida ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy diagnostikasi va etiologik baholashni tashkil etish metodologiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi — moddiy ahvolni yuzaki baholashdan ehtiyojmandlikning biologik, psixologik, iqtisodiy va ijtimoiy omillarini hisobga oluvchi kompleks etiologik diagnostikaga o‘tishni asoslashdan iborat. Tadqiqotda tizimli va qiyosiy tahlil, anketalashtirish, keys-stadi, tavsiflovchi statistika hamda o‘zaro bog‘liqlik jadvallaridan foydalanilgan. Qashqadaryo viloyatining 12 ta shahar va qishloq mahallasidagi 240 ta ehtiyojmand oila o‘rganilgan. Aniqlanishicha, oilalarning ehtiyojmandligi 41,3 % holatlarda, eng avvalo, surunkali kasalliklar va mehnat qobiliyatining cheklanganligi, 28,3 % holatlarda — malakaning pastligi va ishsizlik, 18,8 % holatlarda — oilaviy nizolar va psixologik dezadaptatsiya, 11,7 % holatlarda esa moliyaviy savodxonlikning yetarli emasligi bilan bog‘liq. Diagnostikaning besh bosqichli algoritmi va xavf matritsasi taklif etilgan bo‘lib, unga ko‘ra oilalarning 22,5 % i yuqori xavf guruhiga kiritilgan, 77,5 % i esa faol ijtimoiy xizmatlar ko‘magida ehtiyojmandlik holatidan chiqish salohiyatiga ega.
Authors
- Karimova Durdona Doniyor qizi
- Shonazarova Marjona Muxtor qizi
- G‘aniyev Shahzod Shuhrat o‘g‘li
Publication Details
- Journal
- Arabian journal of science.
- Published
- 2026-11-20
- Primary Topic
- Social Policies and Family
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00