OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH XIZMATLARINI TASHKIL ETISHDA KURATORLIK STRATEGIYASI, FAOLIYATNI MOTIVLASHTIRISH VA SIFAT NAZORATI
. Maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini isloh qilish sharoitida oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini tashkil etish, ijtimoiy xodimlarni rag‘batlantirish hamda xizmatlar sifatini nazorat qilishda kuratorlik (keys-menejment) strategiyasini joriy etish mexanizmlari tahlil qilingan. Nazariy va qiyosiy tahlil, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va rasmiy ma’lumotlarni o‘rganish, shuningdek, modellashtirish asosida oila bilan kuratorlik ishini olib borishning olti bosqichli sikli asoslab berilgan: holatni aniqlash, ehtiyojlarni kompleks baholash, qo‘llab-quvvatlashning individual rejasi, xizmatlarni muvofiqlashtirish, monitoring hamda holatni yopish va keyingi kuzatuvni olib borish. Mamlakatda kuratorlikning institutsional shart-sharoitlari allaqachon yaratilgani ko‘rsatib berilgan: 208 ta tuman va shahardagi «Inson» markazlari hamda E-case moduli orqali 14 926 ta oila bo‘yicha holatlar ochilgan va 86 540 ta xizmat ko‘rsatilgan. Markazida kurator turadigan idoralararo hamkorlik modeli, xodimlarni rag‘batlantirish matritsasi hamda Donabedian modeli va PDCA sikliga asoslangan sifat indikatorlari tizimi taklif etilgan.
Authors
- Ergasheva Marvarid
- TOSHPO'LATOVA JASMINA FARXOD QIZI
- G‘aniyev Shahzod Shuhrat o‘g‘li
Publication Details
- Journal
- Arabian journal of science.
- Published
- 2026-11-20
- Primary Topic
- Public Administration in Developing Nations
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00