IJTIMOIY XIZMAT MUASSASALARIDA TASHKILIY MADANIYAT VA RAHBARLIK USLUBLARINING MEHNAT JAMOASI SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Maqolada ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida tashkiliy madaniyat va rahbarlik uslublarining mehnat jamoasi samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan. Empirik bazani ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari, «Muruvvat» va «Saxovat» uylarining 150 nafar ijtimoiy xodimi hamda rahbar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma tashkil etdi. Tadqiqotda OCAI metodikasi (K. Kameron, R. Kuinn), moslashtirilgan MLQ so‘rovnomasi (B. Bass, B. Avolio), JSS mehnatdan qoniqish shkalasi hamda K. Maslachning kasbiy so‘nish so‘rovnomasi (MBI) qo‘llanilgan. Aniqlanishicha, muassasalarda klan madaniyati ustunlik qiladi (42 %), 48 % respondentlar esa rahbarlikning transformatsion elementlarini qayd etgan. Transformatsion rahbarlik va klan madaniyati uyg‘unlashgan muassasalarda mehnatdan qoniqish darajasi 88 % ni, kasbiy so‘nish — 22 % ni, kadrlar qo‘nimsizligi — 6 % ni tashkil etgan bo‘lsa, avtoritar rahbarlik va qat’iy iyerarxiya sharoitida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 38 %, 71 % va 34 % ga teng bo‘ldi. Ijtimoiy sohada boshqaruv madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha konseptual model va amaliy tavsiyalar taklif etilgan.
Authors
- G'aniyev Shahzod Shuhrat o'g'li
- Fayzullayeva Zulxumor Azamatjon qizi
Publication Details
- Journal
- Arabian journal of science.
- Published
- 2026-11-20
- Primary Topic
- Employee Performance and Management
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00