MATEMATIKA VA INFORMATIKA FANLARI O'QITUVCHISINING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada informatika o'qituvchisining raqamli kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik, metodik va texnologik asoslari yoritilgan. Zamonaviy ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, elektron ta'lim resurslarini yaratish, interaktiv platformalar bilan ishlash hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq etish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, informatika o'qituvchisining raqamli savodxonligi, axborot bilan ishlash ko'nikmalari, raqamli muhitda muloqot qilish, ta'limiy kontent yaratish va raqamli xavfsizlikni ta'minlash kompetensiyalarini takomillashtirish yo'llari ko'rib chiqilgan. Maqolada o'qituvchilarning kasbiy faoliyatida zamonaviy raqamli vositalardan foydalanishning ahamiyati va ularning ta'lim sifatini oshirishdagi o'rni asoslab berilgan.
Authors
- Sadoqat Normurodova
- Mexroj Sirojiddinovich Shodiyev
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-21
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24423552
- Primary Topic
- Digital literacy in education
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00