AKADEMIK ERKINLIK VA TA'LIM MUASSASALARI AVTONOMIYASI: KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY TAHLILI
Ushbu maqolada akademik erkinlik va ta'lim muassasalari (xususan, oliy ta'lim tashkilotlari) avtonomiyasining konstitutsiyaviy-huquqiy tabiati, ularning o'zaro funksional bog'liqligi hamda xalqaro-huquqiy standartlar bilan uyg'unligi tadqiq etilgan. Tadqiqotda akademik erkinlikning individual (subyektiv konstitutsiyaviy huquq) va institutsional (ta'lim tashkilotining o'zini o'zi boshqarish kafolati) tarkibiy qismlari nazariy-huquqiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, 2023-yilda yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 51 va 53-moddalari, «Ta'lim to'g'risida»gi hamda «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida»gi qonunlar, shuningdek, oliy ta'lim muassasalariga akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik berishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar tizimli ravishda o'rganilgan. Tahlil natijasida konstitutsiyaviy normalar va amaldagi sohaviy qonunchilik o'rtasidagi ayrim normativ-huquqiy kolliziyalar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo'yicha ilmiyamaliy takliflar ilgari surilgan.
Authors
- Muxtorbek Abdurasulov Bo'ri o'g'li
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-21
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24424365
- Primary Topic
- Legal Issues in Education
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00