TEMURIYLAR DAVRI MOVAROUNNAHR VA XUROSONINING TARIXIY-GEOGRAFIK MANZARASI
Ushbu maqolada Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson hududlarining tarixiy-geografik manzarasi, ma'muriy-hududiy boʻlinishi, shaharsozlik madaniyati hamda strategik savdo va aloqa yoʻllari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Z. Sayidboboyevning tarixiy geografiya metodologiyasiga tayanib, davrning birinchi manbalari, xususan, Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixoning elchilik xotiralari va sharqiy manbalar ma'lumotlari qiyosiy oʻrganilgan. Movarounnahr va Xuroson oʻrtasidagi geografik va iqtisodiy bogʻliqlik, Amudaryo kechuvlari, Karvon yoʻllari hamda Samarqand va shaharlaratrofining makoniy strukturasi kompleks tarzda yoritilgan. Maqola Temuriylar imperiyasining Yevroosiyo makonidagi ijtimoiy-geografik va kommunikativ oʻrnini anglashga xizmat qiladi.
Authors
- Jaloliddin Nomozov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-21
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24410699
- Primary Topic
- Eurasian Exchange Networks
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00