RAQAMLI SAVDO PLATFORMALARI VA ULAR SUBYEKTLARINING HUQUQIY MAQOMI
Maqolada raqamli savdo platformalarining huquqiy tabiati, ularning elektron tijorat tizimidagi o‘rni hamda savdo munosabatlari ishtirokchilari — platforma operatori, sotuvchi, xaridor, to‘lov va logistika xizmatlari, reklama beruvchilar — huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Tadqiqotda platformalarning faoliyat modeliga qarab tasniflanishi, ularning bitimdagi real roli va javobgarlik hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslab beriladi. Elektron shartnomalar, iste’molchi huquqlari va shaxsga doir ma’lumotlar himoyasi masalalari milliy qonunchilik hamda Yevropa Ittifoqi va Xitoy tajribasi bilan qiyoslanadi. Natijada platforma operatorining javobgarligini “nazorat darajasi va bitimdagi ishtirok” mezoni asosida tabaqalashtirishga doir takliflar ilgari suriladi.
Authors
- Shahjahon Normurodov
Publication Details
- Journal
- Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies
- Published
- 2026-11-21
- DOI
- https://doi.org/10.70413/cajmrms-v03-i11-a11295
- Primary Topic
- Diverse Legal and Medical Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00