RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING MOLIYAVIY INKLYUZIYANI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Maqolada raqamli texnologiyalarning O‘zbekistonda moliyaviy inklyuziyani rivojlantirishdagi o‘rni Jahon banki Global Findex ma’lumotlari, Markaziy bankning 2025-yilgi Moliyaviy inklyuziya indeksi, milliy strategiyalar va me’yoriy hujjatlar asosida tahlil qilingan. 2011–2024-yillarda hisobvarag‘i bo‘lgan kattalar ulushi 22,5 foizdan 59,7 foizgacha oshgani, biroq raqamli to‘lovlardan foydalanish, qishloq aholisi va yoshlar qamrovi hamda kartalarning faol ishlatilishi bo‘yicha tafovutlar saqlanayotgani ko‘rsatilgan. Moliyaviy inklyuziya siyosatini «qamrov» ko‘rsatkichlaridan «faol foydalanish» va xavfsizlikka ko‘chirishga qaratilgan olti yo‘nalishli model taklif etilgan.
Authors
- Muzaffar Shuxrat o‘g‘li Kurganov
Institutions
- Kimyo International University in Tashkent (UZ)
Publication Details
- Journal
- New Uzbekistan Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-21
- DOI
- https://doi.org/10.70413/yoitj-v03-i11-a11326
- Primary Topic
- Microfinance and Financial Inclusion
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00