TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA IMTIYOZLAR VA AFZALLIKLAR BERISH TIZIMINING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH: KAFOLAT VA SUIISTE’MOL MUVOZANATI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz va afzalliklar tizimining huquqiy mexanizmlari hamda amaliy muammolari tahlil qilingan. Muallif qonunchilikda “imtiyoz” va “afzallik” (preferensiya) tushunchalarining chegarasi aniq belgilanmaganligi soliq va bojxona amaliyotida nizolarga sabab bo‘layotganini milliy sud amaliyoti misolida ochib beradi. Shuningdek, imtiyozlardan foydalanish kafolatlarini ta’minlovchi normativ, institutsional, shartnomaviy va reputatsion mexanizmlar hamda tadbirkorlik subyektlari qayta tashkil etilganda imtiyozlarning huquqiy vorisligi masalalari yoritilgan. Maqolaning ikkinchi qismida davlat yordamini suiiste’mol qilish shakllari — rentani izlash (rent-seeking), tartibga soluvchi organlarga yolg‘on axborot orqali ta’sir o‘tkazish va maqsaddan chetga chiqish xavflari xorijiy tajriba (Hindiston, Turkiya, Braziliya va Yevropa Ittifoqi keyslari) hamda Jahon savdo tashkiloti (JST) talablari asosida o‘rganilgan. Tadqiqot yakunida yagona elektron reyestr joriy etish, Raqobat qo‘mitasining vakolatlarini kengaytirish va imtiyozlar samaradorligini baholash metodikasini yaratish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surilgan.
Authors
- Samandar Qahramon o‘g‘li Mallaxonov
Institutions
- Tashkent State University of Law (UZ)
Publication Details
- Journal
- Eurasian Journal of Law Finance and Applied Sciences
- Published
- 2026-11-20
- DOI
- https://doi.org/10.70413/ejlfas-v06-i11-a11257
- Primary Topic
- Legal and Constitutional Studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00