Sun’iy intellekt (AI) va mualliflik huquqi - Neyrotarmoqlar yaratgan kontent kimga tegishli?
2022-yilda AQShning Kolorado shtatidagi yarmarkada tasviriy san’at tanlovida “Théâtre D’opéra Spatial” nomli rasm birinchi o‘rinni oldi. Keyin ma’lum bo‘ldi: muallif, Jason Allen, rasmni Midjourney neyrotarmog‘i yordamida, yuzlab so‘rov yozib yaratgan. San’at olamida shov-shuv ko‘tarildi. Lekin yuristlarni boshqa savol qiziqtirdi: bu rasmga kim egalik qiladi? Allenmi, dasturni yaratgan kompaniyami, bironta ham odam qo‘l tegizmagan neyrotarmoqmi, yoki hech kimmi? Bu savol bugun tobora tez-tez eshitilmoqda. Jurnalist neyrotarmoq yordamida matn yozadi, dizayner logotip chizdiradi, musiqachi bir necha daqiqada qo‘shiq yaratadi. Natijada mualliflik huquqi, ya’ni inson ijodiga asoslangan tizim yangi sinovga duch kelmoqda.
Authors
- Azimova Sevara Azizxon qizi
Publication Details
- Journal
- HSR (London)
- Published
- 2026-11-18
- Primary Topic
- Law, AI, and Intellectual Property
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00