DIQQATNING TURLARI VA ASOSIY XUSUSIYATLARI
Mazkur tezisda kognitiv jarayonlarning muhim sharti bo‘lgan diqqatning turlari (ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyooriydan keyingi diqqat) hamda uning asosiy xususiyatlari (hajmi, barqarorligi, bo‘linuvchanligi, ko‘chuvchanligi va jamlanishi), shuningdek ularning shaxs kamolotidagi amaliy-pedagogik ahamiyati ilmiy va amaliy jihatdan keng yoritilgan. Tadqiqot jarayonida diqqat xususiyatlarini to‘g‘ri rejalashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish insonlarning bilish jarayonlarini (idrok, xotira, tafakkur), kognitiv-amaliy ko‘nikmalarini va emotsional-irodaviy barqarorligini oshirish mexanizmlari tahlil qilingan. Maqolada umumiy va kognitiv psixologiya tamoyillari asosida faoliyatni tashkil etishning samaradorligi hamda shaxsni har tomonlama barkamol etib shakllantirishdagi o‘rni ochib berilgan.
Authors
- Olimjon Zoirov
- Javohir Bahtiyorov
Publication Details
- Journal
- New Uzbekistan Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-19
- DOI
- https://doi.org/10.70413/yoitj-v03-i11-a11097
- Primary Topic
- Psychology of Development and Education
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00