COVID-19 DAN KEYIN UMURTQA POG'ONASIDA RIVOJLANADIGAN DEGENERATIV-DISTROFIK O'ZGARISHLARNING FUNKSIONAL VA PATOMORFOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Ushbu ilmiy tadqiqot COVID-19 infeksiyasidan keyin umurtqa pog'onasida yuzaga keladigan degenerativ-distrofik kasalliklarning struktur-funksional o'zgarishlari va ularning patomorfologik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot materiali sifatida umurtqa pog'onasining simfiz sohasi, tog'ayli disk, fibroz halqa va dirildoq yadrodan iborat tuzilmalari olindi. Mazkur anatomik qismlarni topografik va morfologik jihatdan o'rganish umurtqalararo disk churrasi hamda avaskulyar nekrozni davolashda samarali usullarni tanlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot jarayonida umurtqa pog'onasi simfizi va umurtqalararo tog'ayli diskning topografik joylashuvi, morfologik holati hamda mikroskopik tuzilishi tahlil qilindi. Umurtqa pog'onasi sinxondrozlarining yuqori va pastki yuzalari tog'ayli disk bilan zich qoplanganligi aniqlandi. Tog'ayli diskning ichki qismi nisbatan qalin bo'lib, zich kollagen tolalardan tashkil topgan fibroz halqaning yupqa va qalin sohalari o'rtasida taxminan ikki baravar farq mavjudligi kuzatildi. Shuningdek, tog'ayli diskning turli topografik sohalarida tog'ay to'qimasining morfologik tuzilishi bir xil emasligi aniqlanib, bu xususiyatlar gistologik tekshiruvlar orqali tasdiqlandi. Diskning tashqi zich fibroz-tog'ayli qatlamida kollagen tolalari asosan aylana yo'nalishida, keyingi ichki qatlamlarida esa radial yo'nalishda joylashganligi kuzatildi. Dirildoq yadro bilan chegaradosh sohalarda kollagen tolalarining tartibsiz yo'nalishda joylashishi qayd etildi.
Authors
- Muslimabonu Abdug'aniyeva Olimjonovna
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-19
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24366362
- Primary Topic
- Spine and Intervertebral Disc Pathology
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00