RAQAMLI TRANSFORMATSIYALAR DAVRIDA XORIJIY TIL TA'LIMIDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH: IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Mazkur ilmiy maqolada raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida xorijiy tillarni o'qitishda sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy tendensiyalari, imkoniyatlari hamda dolzarb muammolari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, sun'iy intellekt asosidagi platforma va xizmatlarning ta'lim sifati, individual yondashuv, interaktivlik hamda til ko'nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni ta'lim tizimiga joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, jumladan, akademik halollik, ma'lumotlar xavfsizligi bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqiladi. Tadqiqot davomida xorijiy til ta'limida sun'iy intellekt texnologiyalaridan oqilona foydalanish bo'yicha tavsiyalar hamda mavjud muammolarni bartaraf etishning samarali yechimlari ishlab chiqiladi.
Authors
- Asilbek Jumanazar o'g'li Abduxakimov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-19
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24376817
- Primary Topic
- Artificial Intelligence in Education
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00