O‘ZBEKISTONDA XALQARO MOLIYA MARKAZINI TASHKIL ETISHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI (PF-48-SON FARMON MISOLIDA)
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-martdagi PF-48-son Farmoni bilan tashkil etilgan Toshkent xalqaro moliya markazining (TXMM) huquqiy asoslari, boshqaruv tuzilmasi va maxsus huquqiy rejimi tahlil qilinadi. Farmon qoidalari keyinchalik qabul qilingan “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1158-son Konstitutsiyaviy Qonun bilan solishtiriladi. Angliya va Uels umumiy huquqining qo‘llanilishi, Toshkent xalqaro tijorat sudining vakolatlari, soliq va bojxona imtiyozlari hamda investitsiyalarni himoya qilish kafolatlari yoritiladi. Dubay, Abu-Dabi, Doha va Ostona xalqaro moliya markazlari tajribasiga bag‘ishlangan ilmiy nashrlar asosida TXMM modelining ustun jihatlari va ehtimoliy xavf-xatarlari baholanadi. Maqola oxirida huquqiy muhitni takomillashtirishga oid takliflar beriladi.
Authors
- Xalikov Muxriddin Sadulla uli
Publication Details
- Journal
- Law, policy and society – Правo, пoлитика и oбществo - Huquq, siyosat va jamiyat
- Published
- 2026-11-16
- Primary Topic
- Legal and Policy Issues
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00