ZAMONAVIY SHE'RIYATDA POETIK OBRAZ YANGILANISH TAMOYILLARI (USMON AZIM SHE'RIYATI MISOLIDA)
Maqolada zamonaviy o'zbek she'riyatida poetik obrazning yangilanish tamoyillari Usmon Azim ijodi misolida o'rganiladi. Shoirning "Lo'li qiz qo'shig'i", "She'riyat", "Tush" va "Buyumlar haqida ballada" asarlarida yo'l, tulpor, dor va javon obrazlarining badiiy vazifasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda matnga tayangan interpretatsiya, qiyosiy-tipologik va struktur-semantik tahlil usullaridan foydalanilib, an'anaviy timsolning individual mazmun kasb etishi, lirik va dramatik ifodaning uyg'unlashuvi, predmetning ijtimoiy-falsafiy ramzga aylanishi asoslanadi. Natijada poetik yangilanish faqat g'ayrioddiy metafora yaratish emas, balki obrazning semantik va kompozitsion vazifalarini kengaytirish ekani ko'rsatiladi.
Authors
- Mohigul Tishayeva
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-17
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24316627
- Primary Topic
- Poetry Analysis and Criticism
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00