KAVITATSIYA VA GIDROABRAZIV YEYILISHNING BIRGALIKDAGI TA'SIRI: QARSHI MAGISTRAL KANALI 7-NASOS STANSIYASI YIRIK NASOSI UCHUN ISH REJIMI CHEGARALARI
Loyqa daryolardan suv oladigan nasoslarda gidroabraziv yeyilish va kavitatsiya odatda alohida koʻriladi, holbuki ular ishchi gʻildirak kirish qismida bir-birini kuchaytiradi. Maqolada Qarshi magistral kanali 7-nasos stansiyasining yirik vertikal nasosi (Q = 25 m³/s, H = 25 m, n = 187.5 ayl/min) uchun nisbiy sarf q = Q/Qopt boʻyicha kavitatsiya zaxirasi, kirishdagi insidensiya burchagi va kurak yeyilishi birgalikda baholandi. Kavitatsion tezyurarlik koeffitsienti C = 800-1000 boʻlganda q = 1 da NPSHR = 9.2-12.3 m, kk = 1.1-1.3 zaxira bilan talab etiladigan NPSHA esa 10.1-16.0 m. Sarf ortishi bilan NPSHR taxminan q2/3 ga, yeyilish q2.61 ga proporsional oʻsadi: q = 1.25 da NPSHR 16 % ga, yeyilish 1.8 marta ortadi. Insidensiya q = 1 da 3.3°, q = 0.6 da 8.9°, q ≈ 1.24 da nolga teng va undan katta sarflarda manfiy boʻladi. C ning har 1 % ga pasayishi NPSHR ni taxminan 1.3 % ga oshiradi; C 10 % ga kamaysa, talab etiladigan NPSHA 1.8-2.1 m ortadi. Manometrik bosimning 22.2-28.8 m oraligʻi (0.75 ≤ q ≤ 1.15) kavitatsiya, insidensiya va yeyilish boʻyicha eng maqbul zonani beradi. Natijalar hisobiy; obyektda C, suvga botish chuqurligi va soʻrish yoʻli yoʻqotishlari oʻlchanmagan.
Authors
- Odiljon Ixtiyor oʻgʻli Sayliyev
- Uktam Temirovich Jovliyev
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-17
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24302841
- Primary Topic
- Cavitation Phenomena in Pumps
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00