DAVLAT XIZMATCHISINING IJOBIY IMIJINI SHAKLLANTIRISHDA PR TEXNOLOGIYALARNING ROLI: PROKURATURA ORGANLARI MISOLIDA NAZARIY VA AMALIY TAHLIL
Ushbu maqolada O'zbekiston prokuratura organlari xodimlarining ijobiy imijini shakllantirishda PR texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli kommunikatsiya muhitining jadal rivojlanishi sharoitida davlat xizmatchilari faoliyatini jamoatchilika yetkazishning an'anaviy usullari o'zining yetarliligini yo'qotib bormoqda. Maqolada imij tushunchasining nazariy asoslari, PR texnologiyalarining prokuratura organlari faoliyatiga tatbiq etilishi hamda raqamli platformalardan strategik foydalanish masalalari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, prokuratura xodimining ijtimoiy obrazi nafaqat uning kasbiy faoliyati, balki ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda shakllangan kommunikativ qiyofasi orqali ham belgilanadi. Maqolada taklif etilayotgan PR-strategiya modeli prokuratura organlari uchun amaliy qo'llanma sifatida xizmat qilishi mumkin.
Authors
- Dilrabo Kuryazova
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-16
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24269750
- Primary Topic
- Public Relations and Crisis Communication
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00