SUN’IY INTELLEKT VOSITASIDA INGLIZ TILIDAN O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVISTIK MUAMMOLARI
Maqolada sun’iy intellekt vositalari yordamida ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda uchraydigan lingvistik muammolar tahlil qilinadi. Onlayn tarjima xizmatlari va katta til modellari asosidagi chat-botlar bugungi kunda talabalar, o‘qituvchilar va oddiy foydalanuvchilar tomonidan keng qo‘llanmoqda. Biroq ularning tarjimalarida turli xatolar uchraydi. Tadqiqotda bu xatolar leksik, frazeologik, grammatik, pragmatik va imloviy guruhlarga ajratib ko‘rib chiqildi. Ko‘p ma’noli so‘zlar, “soxta do‘st” so‘zlar, iboralarni so‘zma-so‘z tarjima qilish, zamon shakllarini noto‘g‘ri berish, son bilan kelgan otlarda ko‘plik qo‘shimchasini ortiqcha qo‘llash, sen va siz murojaatini tanlashdagi xatolar shular jumlasidandir. Maqolada bu muammolarning sabablari ochib beriladi va sun’iy intellekt tarjimasidan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
Authors
- Ataboyev Ahadjon Djumakuziyevich
- Abduvaxobova Mubinaxon Azizbek qizi (ORCID: https://orcid.org/0009-0005-4708-5544)
Institutions
- Andijon davlat chet tillari instituti (UZ)
Publication Details
- Journal
- Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies
- Published
- 2026-11-16
- DOI
- https://doi.org/10.70413/cajmrms-v03-i11-a10711
- Primary Topic
- Translation Studies and Practices
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00