BOG‘DORCHILIK VA XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARI INTEGRATSIYALASHUVIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI
Maqolada bog‘dorchilikni saqlash, qadoqlash, qayta ishlash, logistika va agroturizm xizmatlari bilan integratsiyalash qishloq aholisi bandligini ta’minlashning samarali yo‘li sifatida tadqiq etilgan. Tadqiqot maqsadi integratsiyaning bandlikka ta’sir mexanizmini aniqlash va uning ish o‘rinlari yaratish salohiyatini miqdoriy baholashdan iborat. Rasmiy statistika, Mehnat vazirligi ma’lumotlari va Jahon banki loyihasi natijalari asosida mehnat bozori tuzilmasi tahlil qilindi, normativ-texnologik koeffitsiyentlar yordamida 100 gektar intensiv bog‘ hisobiga yaratiladigan ish o‘rinlari soni hisoblab chiqildi. Natijalar band aholining qariyb 39 foizi norasmiy sektorda ekanini, integratsiyalashgan modelda esa to‘liq stavkaga keltirilgan ish o‘rinlari soni an’anaviy bog‘dorchilikka nisbatan 5,3 barobar ko‘p bo‘lishini ko‘rsatdi. Bandlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita va induksiyalangan samaralarini birlashtiruvchi model taklif qilindi. Natijalar hududiy bandlik dasturlari va klasterlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatini takomillashtirishda qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, ular mavsumiy ishchilarni yil davomidagi bandlikka o‘tkazish yo‘llarini asoslashda foydali bo‘ladi.
Authors
- Xolliyev Sh.B.
Publication Details
- Journal
- HSR (London)
- Published
- 2026-11-14
- Primary Topic
- Agricultural Development and Policies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00