OLIY TAʼLIM MUASSASALARI MAʼLUMOTLARINI INTELLEKTUAL TAHLIL QILISHNING NAZARIY-METODOLOGIK YONDASHUVLARI
Maqolada oliy taʼlim muassasalari maʼlumotlarini intellektual tahlil qilishning nazariy va metodologik asoslari tizimli adabiyotlar tahlili asosida yoritilgan. Educational Data Mining, Learning Analytics, Academic Analytics va Institutional Analytics konsepsiyalarining obyekti, maqsadi hamda metodlari qiyoslangan. OTM maʼlumotlarining koʻp manbaliligi, vaqtga bogʻliqligi, ierarxik tuzilishi va kontekstga sezgirligi intellektual tahlil metodologiyasiga qoʻyadigan talablar aniqlangan. KDD, CRISP-DM va Learning Analytics hayot sikli yondashuvlari asosida maʼlumotni boshqaruv qaroriga aylantirishning integrallashgan metodologik sxemasi taklif etilgan. Tadqiqot natijasida mavjud ishlardagi talaba natijalarini prognozlashga haddan tashqari yoʻnalganlik, institutsional maʼlumotlarning fragmentarligi, sababiy talqin, tashqi validlik, izohlanuvchanlik va algoritmik adolatlilik bilan bogʻliq ilmiy boʻshliqlar asoslangan.
Authors
- Baxtiyar Saidovich Raximov
- Shahrizoda Ravshanovna Ataboeva
Institutions
- Urganch RANCH Texnologiya Universiteti (UZ)
Publication Details
- Journal
- Eurasian Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-16
- DOI
- https://doi.org/10.70413/ejar-v06-i11-a10697
- Primary Topic
- Online Learning and Analytics
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00