EKOLOGIK BURCHDAN EKOLOGIK HUQUQ SUBYEKTIVLIGIGACHA: OʻZBEKISTON TAʼLIM TIZIMIDAGI YANGI PARADIGMALAR
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida mustahkamlangan qulay atrof-muhitga va uning holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotga ega boʻlish huquqining taʼlim jarayonida aks etishi tahlil qilingan. Maqolada amaldagi ekologik taʼlim siyosati asosan ekologik madaniyat va tabiatga ehtiyotkor munosabatni tarbiyalashga, yaʼni fuqaroning burchiga qaratilgani asoslangan. Bola esa oʻz ekologik huquqlarini biluvchi va ulardan foydalanuvchi huquq subyekti sifatida koʻrilmayapti. Bu holat Oʻzbekistonning 2025-yilda Orxus konvensiyasiga qoʻshilishi, BMT Bola huquqlari qoʻmitasining 26-son umumiy tartibdagi mulohazasi va Xalqaro Sudning 2025-yil 23-iyuldagi maslahat xulosasi bilan belgilangan talablarga toʻliq mos kelmaydi. Maqolada Fransiya tajribasi, Kolumbiya va AQSh sudlarining bolalar va yoshlar daʼvolari boʻyicha qarorlari hamda xalqaro organlarning amaliyoti ham tahlil qilingan. Normativ-huquqiy, qiyosiy-huquqiy va hujjatlarning kontent-tahlili asosida ekologik huquq taʼlimi tushunchasi taklif etiladi. Uning mazmuni 49-moddaning tarkibiy qismlari va Orxus konvensiyasining uch asosiy huquqi (axborot olish, qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, odil sudlovga erishish) asosida taʼlim bosqichlari boʻyicha ishlab chiqilgan. Maqolada Ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasiga va boshqa hujjatlarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar berilgan.
Authors
- Sh.X.Mamataliyeva
Publication Details
- Journal
- Central Asian Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-14
- DOI
- https://doi.org/10.70413/cajar-v04-i11-a10623
- Primary Topic
- Environmental law and policy
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00