BOSHLANG'ICH TA'LIMDA 4K MODELINI QO'LLASH ORQALI O'QUVCHILARNING IJODIY VA TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH.
Mazkur maqolada zamonaviy boshlang'ich ta'lim jarayonida 4K modelini qo'llashning pedagogik ahamiyati hamda uning o'quvchilarda ijodiy va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. 4K modeli tarkibiga kiruvchi kommunikatsiya, kollaboratsiya, kreativlik va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarining mazmun-mohiyati, ularni boshlang'ich sinf darslariga samarali tatbiq etish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, ta'lim jarayonida muammoli vaziyatlar, guruhli ishlash, ijodiy topshiriqlar, munozara va interfaol metodlardan foydalanish orqali o'quvchilarning mustaqil fikrlashi, o'z nuqtayi nazarini asoslay olishi, yangicha g'oyalar yaratishi hamda jamoada ishlash qobiliyatini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Maqolada 4K modeliga asoslangan ta'lim yondashuvining boshlang'ich sinf o'quvchilarining intellektual salohiyati, kommunikativ faolligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o'rni ochib berilgan.
Authors
- Dilnoza Saidova Maripovna
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-14
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24220505
- Primary Topic
- Education and Critical Thinking Development
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00