TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATXUSUSIY SHERIKLIK MEXANIZMLARI: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada turizm infratuzilmasini rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarining iqtisodiy va tashkiliy ahamiyati yoritilgan. Turizm sohasida zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi investitsiyalarni jalb etishda davlat va xususiy sektor hamkorligining imkoniyatlari tahlil qilingan. Xususan, xalqaro tajribada DXSh asosida transport infratuzilmasi, mehmonxonalar, turistik majmualar, madaniy meros obyektlari va ekologik turizm maskanlarini rivojlantirish amaliyoti o‘rganilgan. Tadqiqot davomida davlat va xususiy sektor o‘rtasida moliyaviy, tashkiliy hamda operatsion risklarni taqsimlash, investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash va uzoq muddatli boshqaruv mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklikni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy asoslar va turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi xalqaro tajribani tahlil qilish asosida mamlakatimiz turizm infratuzilmasiga DXSh mexanizmlarini samarali joriy etish bo‘yicha ilmiyamaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Natijada turizm loyihalarini tanlash, moliyalashtirish, risklarni taqsimlash va boshqarishda iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik mezonlarni uyg‘unlashtirish zarurligi asoslangan. Maqolada xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish, davlat kafolatlari va shaffof tanlov mexanizmlarini takomillashtirish, hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari turizm infratuzilmasini barqaror rivojlantirishga qaratilgan investitsiya siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Authors
- D. Abdusattorov
- O.N. Teshabayeva
Publication Details
- Journal
- Innovations in Science and Technologies
- Published
- 2026-11-12
- Primary Topic
- Public-Private Partnership Projects
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00