BOSHLANG‘ICH SINF DARSLIKLARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BAHOLASH
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf darsliklarining didaktik imkoniyatlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida baholash masalalari yoritilgan. Unda yangi avlod darsliklarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodkorlik, muammoli vaziyatlarni hal qilish hamda olgan bilimlarini kundalik hayotda qo‘llashga yo‘naltirilgan imkoniyatlari tahlil qilingan. Xususan, matematika darsliklarida fanlararo bog‘liqlik asosida berilgan topshiriqlar, hayotiy vaziyatlarga oid masalalar va mantiqiy mashqlarning o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. O‘qish savodxonligi darsliklarida PIRLS xalqaro baholash dasturi talablariga mos matnlar, matn mazmunini anglash, tahlil qilish, xulosa chiqarish va mustaqil munosabat bildirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarning didaktik imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, tarbiya va tabiiy fanlar darsliklaridagi ma’lumot hamda topshiriqlarning o‘quvchilarda tabiat, jamiyat, inson, milliy qadriyatlar va o‘zligini anglashga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Maqolada darsliklarni kompetensiyaviy yondashuv asosida baholash mezonlari, xalqaro tajriba va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ham bayon etilgan.
Authors
- Doʻstova Munavvar Iskandarovna
Publication Details
- Journal
- International journal of technology and academic research
- Published
- 2026-11-12
- Primary Topic
- Education Methods and Technologies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00