OROL FOJIASINING AHOLI SALOMATLIGI VA TURMUSH,TARZIGA TA'SIRIDAGI, MUAMMOLAR
Mazkur maqolada Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik inqirozning Orolbo‘yi hududida yashovchi aholi salomatligi va turmush tarziga ta’siri bilan bog‘liq asosiy muammolar tarixiy va ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Orol dengizining qisqarishiga olib kelgan tarixiy omillar, suv resurslaridan foydalanish siyosati, dengiz tubining qurishi, atmosfera havosining tuz va chang zarrachalari bilan ifloslanishi, ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar, aholining salomatligi, iqtisodiy faoliyati, migratsiyasi va ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar o‘rganilgan. 1960-yildan keyingi davrda Orol dengizi maydoni va suv hajmining keskin qisqarishi ilmiy manbalar asosida ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ekologik inqirozning bolalar va boshqa zaif guruhlar salomatligiga ta’siri hamda Orolbo‘yi aholisi turmush tarzining o‘zgarishi tahlil qilinadi.
Authors
- L.Ataxanova G.I.Baxtiyarov
Publication Details
- Journal
- HSR (London)
- Published
- 2026-11-10
- Primary Topic
- Transboundary Water Resource Management
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00