MEHNAT HAQI TUSHUNCHASI VA UNING IJTIMOIY ISHDAGI O'RNI
Ushbu maqolada mehnat haqi tushunchasining iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy mohiyati, uning jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda ijtimoiy ish sohasidagi o'rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Mehnat haqining inson turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy adolatni ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo'llab-quvvatlashdagi vazifalari yoritiladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42–43-moddalari hamda 2022-yil 28-oktabrdagi O'RQ-798-sonli Mehnat kodeksining 243–245, 248–253-moddalari asosida mehnatga haq to'lashning huquqiy asoslari o'rganiladi. Ijtimoiy xodimlarning mehnat faoliyatida adolatli ish haqi, kasbiy rag'batlantirish, mehnat samaradorligi va ijtimoiy farovonlik o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik ochib beriladi. Maqola yakunida mehnat haqini takomillashtirish va uning ijtimoiy ish tizimidagi samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
Authors
- Jamshid Suvankulov
- Behruz Abduvakilov
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-11
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24144159
- Primary Topic
- Labor Law and Work Dynamics
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00