BIRLAMCHI TIBBIY YORDAMDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARINI OSHIRISHDA SUNʼIY INTELLEKTNING OʻRNI VA AHAMIYATI
Mazkur maqolada birlamchi tibbiy yordam tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari, ularning aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati hamda qulayligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, sun’iy intellekt asosida kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni dastlabki saralash, masofaviy tibbiy maslahatlar tashkil etish, elektron tibbiy ma’lumotlarni qayta ishlash va profilaktik tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellektni birlamchi tibbiy yordam tizimiga joriy etish bilan bog‘liq texnik, tashkiliy, iqtisodiy va axloqiy muammolar o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Authors
- Nilufar Rasulova
- Qobilbek O‘tkir o‘g‘li Irisov
Institutions
- Tashkent State Medical University (UZ)
Publication Details
- Journal
- Eurasian Journal of Academic Research
- Published
- 2026-11-10
- DOI
- https://doi.org/10.70413/ejar-v06-i10-a10250
- Primary Topic
- Artificial Intelligence in Healthcare and Education
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00