USTOZ SHOGIRDLAR XOTIRASIDA
Fidoyi adabiyotshunos, mohir tarjimon, benazir inson Elmira Denisovna Muratova – mening ustozim. 2014–2016-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oldim. Elmira Denisovnaning ilmiy rahbarligida “The Representation of People without Roots in John Cheever’s Short Stories” mavzusida magistrlik dissertatsiyasi ustida ishladim. Ustoz bizga “Zamonaviy ingliz va Amerika adabiyoti”, “Adabiy oqimlar evolutsiyasi”, “Badiiy tarjima asoslari” kabi fanlardan ma’ruza qilar edilar. Jarangdor ovozlari, badiiy asarlarni berilib, hissiyot bilan tasvirlab berishlari hamon quloqlarimizda jaranglab turibdi. Aslida bu fanlardan ma’ruza qilish qanchalik og‘ir ekanini o‘zim ham o‘qituvchi bo‘lganimdan so‘ng angladim. Har bir ma’ruzada ba’zan bir, ba’zan esa bir necha asrlar adabiyoti, o‘nlab yozuvchilar, ijtimoiy-tarixiy va siyosiy voqealar qamrab olinadi. Yozuvchilarning har biri o‘nlab badiiy asarlardan iborat merosga ega. Usto
Authors
- Aziza Komilovna Axmedova (ORCID: https://orcid.org/0009-0003-1792-2909)
Institutions
- Uzbek State University of World Languages (UZ)
Publication Details
- Published
- 2026-11-09
- DOI
- https://doi.org/10.70413/ln-v01-i01-a9985
- Primary Topic
- Short Stories in Global Literature
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00