QORAQALPOG'ISTON KOLLEKTOR-DRENAJ SUVLARI MINERALLASHUVINING KO'P YILLIK DINAMIKASI, KOLLEKTORLAR SINXRONLIGI VA GIDRO-MELIORATIV NOMUTANOSIBLIK KOEFFITSIENTI (1995–2025)
Kollektor-drenaj suvlari sug'oriladigan yerlardagi tuz balansining bevosita ko'rsatkichi bo'lib, ularning minerallashuvi meliorativ holat bilan birga baholanishi lozim. Maqolada Qoraqalpog'istondagi yettita tumanlararo kollektor (GYUKK, GLK, Ustyurt, KKC, KS-1, KS-3, KS-4) bo'yicha oylik suv sarfi va minerallashuv qatorlari (GYUKK — 1995–2025, qolganlar — 2012–2025) tahlil qilindi. Mann–Kendall testi, Sen nishabligi, Hamed–Rao tuzatmasi va Pettitt testi bilan trend va siljishlar baholandi; kollektorlar sinxronligi Kendall muvofiqlik koeffitsienti (W), dispersion tahlil va bosh komponentlar usuli bilan o'lchandi; kollektorlar bo'yicha panel regressiya Driscoll–Kraay xatolari bilan baholandi. Yetti kollektor o'rtacha minerallashuvi 2012–2025-yillarda 2,56 dan 3,91 g/l gacha (52,3 %) oshgan (τ = 0,52; p = 0,012; panel β = 0,083 g/l yiliga) va 2021-yilda maksimumga (4,44 g/l) yetgan; shu yili yettala kollektorda ko'rsatkich o'z medianasidan yuqori bo'lgan. Kollektorlar o'rtacha-kuchli sinxron o'zgaradi (W = 0,558; p < 0,001). Shu davrda kuchli sho'rlangan yerlar ulushi 2000–2025-yillarda 10 dan 4 foizga kamaygan. Ikki qarama-qarshi yo'nalishni solishtirish uchun taklif etilgan gidro-meliorativ nomutanosiblik koeffitsienti (GMNK) 2021-yilda 128,8, 2025-yilda 107,9 ga yetdi (τ = 0,65; p = 0,0015). Natijalar tavsifiy bo'lib, suv sarfi va tuz yuki ma'lumotlari bilan tekshirilishi lozim.
Authors
- J.E. Saidov
- O.A. Saydullayev
Publication Details
- Journal
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Published
- 2026-11-09
- DOI
- https://doi.org/10.5281/zenodo.24073355
- Primary Topic
- Engineering and Agricultural Innovations
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00