INGLIZ, RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA SUN’IY INTELLEKT TERMINLARINING LEKSIK-SEMANTIK VA DERIVATSION XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillarida sun’iy intellekt sohasiga oid terminlarning leksik-semantik hamda derivatsion xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etiladi. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt tizimlarining jadal rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi terminlarning shakllanishi, semantik taraqqiyoti, tarjima qilinishi va boshqa tillarga moslashish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda terminlarning struktur-semantik xususiyatlari, so‘z yasalish modellari, o‘zlashma birliklar, kalkalash va qisqartmalar alohida o‘rganiladi. Ingliz tilida sun’iy intellekt terminologiyasining shakllanishida kompozitsiya, affiksatsiya va qisqartirish jarayonlari faol ekanligi, rus tilida so‘z yasashning affiksatsiya, kalkalash va gibrid modellarining ahamiyati, o‘zbek tilida esa tarjima, semantik moslashtirish, o‘zlashma birliklar va milliy so‘z yasash vositalarining o‘zaro ta’siri kuzatilishi asoslanadi.
Authors
- Aziza Do‘smamat qizi Kulmamatova (ORCID: https://orcid.org/0000-0001-8981-0242)
Institutions
- Uzbek State University of World Languages (UZ)
Publication Details
- Journal
- Eurasian Journal of Social Sciences Philosophy and Culture
- Published
- 2026-11-09
- DOI
- https://doi.org/10.70413/ejsspc-v06-i10-a10093
- Primary Topic
- linguistics and terminology studies
- Type
- article
- Field-Weighted Citation Impact
- 0.00